VISMUT RUDALARI — vismut olinadigan birikmalar. Sof tugʻma vismut, vismutin, tetradimut, kozalit, bismit, bismutit minerallaridan tashkil topadi. Qalay, volfram, mis, qoʻrgʻoshin va b. metallarning rudalari bilan koʻpincha birga uchraydi. Dunyoda olinadigan vismutning 90% tarkibida vismut boʻlgan qoʻrgʻoshin, rux, mis, qalay rudalari va konsentratlarining metallurgiyada qayta ishlanishidan olinadi. Rudalarda vismutning mikdori 0,01, baʼzan 0,1%. Vismut olinadigan konlarda 1% dan koʻproq. Bunday konlar juda kam.
Vismut rudalari endogen konlari postmagmatik va gidrotermal boʻlib, granit togʻ jinslari b-n genetik bogʻliq. Vismut rudalarini greyzenli,ʻ kvars-tomirli (volframit, berill, molibdenit, vismutin, kozalit), skarnli (sheyelit, mis, polimetalli), kolchedanli (vismut b-n), oltin-vismutli va b. koʻp konlari maʼlum. Ekzogen sharoitlarda tub konlarni yemirilishidan bazobismutit va bismutitli allyuvial va delyuvialallyuvial sochmalari hosil boʻladi.
Yirik Vismut rudalari konlari Boliviya, Meksika, AQSH, Peru va b. mamlakatlarda, RF (Zabaykalye), Oʻzbekistonda (Ustarasoy) topilgan.
Vismut rudalari oson eriydigan qotishmalar olishda va shisha sanoatida nur sindirish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan shishalar i. ch. da, shuningdek tibbiyot va b. sohalarda qoʻllaniladi.