VISMUTIN

VISMUTIN, vismut yaltirogʻi — sulfidlar sinfiga kiruvchi mineral. Kimyoviy formulasi Bi2S3. Koʻshimchalari Sb, Se. Rombik singoniyali. Choʻziq prizma, ignasimon, radial shuʼlasimon, yelpigʻichsimon, yirik kristallar. Rangi ruxsimon oq, qoʻrgʻoshinsimon kulrang. Yaltirokligi metallsimon, elektr oʻtkazmaydi. Qattikligi 2 — 2,6. S. or. 6,8—7,2. V. yuqori haroratli gidrotermal yertomirlarda, greyzenli, kontakt-metasomatik konlarda pirit, arsenopirit, Zn, Pb, Cu, Fe sulfidlari va qalay, volfram, molibden, sof-tugʻma vismut va b. minerallar bilan birga hosil boʻladi. Oksidlanish zonasida oson parchalanib ikkilamchi oksidlar (vismut oxrasi), sulfaoksidlar, vismutning suvli karbonatlari hosil boʻladi. V. Oʻzbekistonda Chatqol (Ustarasoy, Burchmulla) va Qurama (Adrasmon, Qizilguta, Terakli,. Toshkeskan, Qoʻshbuloq, Chodaq, Miskon, Qoʻshmasoy) tizmalaridagi rudali konlar va Gʻarbiy Oʻzbekiston (Langar, Ingichka, Ugʻat, Choshtepa, Oqqoʻrgʻon, Chuyun konlari)da topilgan. Vismut olinadigan ruda. V. kimyoviy asboblar ishlashda va tibbiyotda keng qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VISMUTIN haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
VISMUT RUDALARI
OLTIN RUDALARI
GIDROTERMAL KONLAR
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты