VISOSKIY Vladimir Semyonovich

VISOSKIY Vladimir Semyonovich (1938.25.1 – Moskva – 1980.25.7) – rus aktyori, shoir, qoʻshiqlar muallifi va ijrochisi. Tagankadagi Moskva drama va komediya teatrida aktyor (1964—1980). 30 ga yaqin filmlarda suratga tushgan. Visoskiy ijodida 400 dan ortiq qoʻshiqlar mavjud: kulgili va hajviy, lirik qoʻshiqlar, romantik balladalar va h. k. Ayniqsa, uning qudratli zavq va haqqoniyat tuygʻusi bilan yoʻgʻrilgan, kuchli ichki hissiyot va zoʻr ehtiros ila ijro etilgan fojiali asarlari mashhur. Visoskiy bir necha bor Oʻzbekistonda boʻlgan va Toshkent, Navoiy, Chirchiq kabi shaharlarda konsert bergan (1973, 1979).


Lotin alifbosida maqola: VISOSKIY Vladimir Semyonovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
ROSSIYA
FRANSIYA
TOSHKENT VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты