TUNG

TUNG (Aleuites), moyli daraxt — sutlamadoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi daraxtlar turkumi. Vatani — Xitoy. Yaponiya, AQSH va Gruziyada ekiladi. Daraxti serbarg, bal. 15—20 m ga boradi. Sershox, barglari uzun bandli, navbatmanavbat joylashgan. Mevasi danaksimon, urugʻi yirik, dagʻal qobiq bilan qoplangan, tarkibida 60% moy bor. Urugʻidan koʻpayadi. Yogʻochi yumshoq, yengil. Ikki turi — ford T. i yoki xitoy Tungi (A. foraii) va yapon Tungi (A. cordata) Kavkazning Kora dengiz boʻyida, nam subtropik rnlarda ikdimlashtirilgan. Tung 40—50 yoshida bal. 5—10 m ga boradi. 4—6 yoshidan boshlab 30—35 y. meva beradi. Molukka Tungi turi danaklaridan mazali oziq-ovqat moyi olinadi. Tung moyidan yuqori sifatli emallar, boʻyokdar, lok tayyorlanadi.


Lotin alifbosida maqola: TUNG haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар
Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар
XITOY
GRUZIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты