VITAL BOʻYASh

VITAL BOʻYASh (lot. vita – hayot) – organizm tirikligida unga zararsiz boʻyoqlar (mas., neytral qizil boʻyoq, litiyli karmin, tripan koʻki) kiritib, hujayra va toʻqimalariga rang berish. Vital boʻyash hujayra va toʻqimalar holatini tekshirish usullaridan biri. Vital boʻyash hujayralarda yuz beradigan biokimyoviy va fiziologik jarayonlarni oʻrganishga yordam beradi. Organizmga yuborilgan boʻyoq tirik xujayralarning baʼzi kiritmalariga, mas., vakuolalar va zahira moddalarga rang beradi. Hujayra normal holatda boʻlsa, boʻyoq donachalar shaklida toʻplanadi, yadro bilan sitoplazma esa rangeizligicha qoladi. Agar hujayra zararlangan boʻlsa, boʻyoq donachalar hosil qilmasdan yadro va protoplazmaga yoyilib ketadi.


Lotin alifbosida maqola: VITAL BOʻYASh haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
HUJAYRA
VAKUOLALAR
BIOLOGIYA
OVQATLANISH


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты