TUNDRA

TUNDRA (fincha tunturi — oʻrmonsiz, yalang qir) — Shim. yarim sharning yuqori kengliklaridagi yoʻsin va zamburugʻ, koʻp yillik oʻt hamda butalar oʻsadigan yerlar. Jan. da oʻrmonlar, shim. dan Arktika muz saxrolari zonasi bilan chegaralangan. Tundra doim toʻngib yotgan sovuq iqlimli va sovuq tuprokli oʻlka. Skandinaviya, Ural, Sibir, Alyaska, Kanada shim. dati togʻlarda togʻli Tundra tarqalgan. Tundrada koʻp yillik oʻsimliklar, yoʻsinlar, lishayniklar, har xil oʻtlar, barg toʻkuvchi va doim yashil butalar, pakana kayin va mitti qoraqaragʻay koʻp oʻsadi, bugʻu boqiladi, ovchilik qilinadi. Tundra zonasining katta qismini subarktika, Tundra va chekka shimolda arktika Tundrasi tashkil etadi.


Lotin alifbosida maqola: TUNDRA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
SHIMOLIY AMERIKA
OSIYO
YEVROPA
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты