TUNDRA ZONALARI

TUNDRA ZONALARI asosan, Shim. yarim shardagi tabiat zonasi, Jan. yarim sharda Antarktida yaqinidagi orollarda kichikroq maydonlarda uchraydi. Tundra zonalari subarktika va arktika mintakalarida joylashgan. Shim. yarim sharda Tundra zonalari Arktika muz saxrolari zonasi bilan jan. da oʻrmon tundrasi oraligʻida. Yevrosiyo va Shim. Amerikaning shim. sohili boʻylab (eni 300—500 km) choʻzilgan. Radiatsiya balansi past, kishi 8—9 oy davom etadi (yanv. ning oʻrtacha trasi —40°, —50°), 60—80 sutka kugb tuni boʻlib turadi. Yozi qisqa (iyulning oʻrtacha trasi 5—10°). Vegetatsiya davri 50—100 kun. Yillik yogʻin tekisliklarda 150— 350 mm, togʻlarda 500 mm gacha. Yezda tuproqning 0,5—1,5 m qalinlikdagi ustki qismigina eriydi. Botqoqlik va koʻl koʻp. Iklimi sovuq boʻlgani uchun organik dunyosi ham kambagʻal. Hayvonot dunyosi oʻziga xos: oq kaklik va tundra kakligi, shimol bugʻusi, boʻri, lemming, qutb tulkisi koʻp. Yezda juda kup suv parrandalari uchib keladi. Hasharotlari xilmaxil. Aholi bugʻuchilik, baliq, muynali va dengiz hayvonlarini ovlash bilan shugʻullanadi.


Lotin alifbosida maqola: TUNDRA ZONALARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
SHIMOLIY AMERIKA
OSIYO
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты