VITEBSK

VITEBSK — Belorussiya Respublikasidagi shahar. Vitebsk vidoyatinint markazi. Gʻarbiy Dvina daryosining baland sohilida joylashgan. Gʻarbiy Dvina daryosidagi pristan. Yirik t. y. tuguni. Axolisi 361,8 ming kishi (1999). Vitebsk birinchi marta 1021-y. gi solnomalarda tilga olingan. Belorussiyaning Minsk va Gomel sh. laridan keyingi yirik sanoat markazi. Yengil sanoat yetakchi oʻrinda turadi. Toʻqimachilik sanoati korxonalari (paypoq-trikotaj f-kasi, gilam k-ti), tikuvchilik, poyabzal, zigʻir tola f-kalari bor. Boshqa muhim tarmoq mashinasozlikdir (stanoksozlik, elektr asboblari, radio va soat detallari, motor remonti, traktorlar uchun ehtiyot qismlar chiqaradigan z-d, metall buyumlari, asbobsozlik, televizion z-d va b. z-dlar mavjud). Oziq-ovqat sanoati (goʻsht, un va parranda k-tlari, yogʻ-ekstraksiya z-di va b.) rivojlangan. Vitebskda Belorussiyada eng yirik yogʻochsozlik k-tlaridan biri, uysozlik k-ti, qurilish materiallari k-ti, ohak materiallari va b. k-tlar ishlab turibdi. 4 oliy oʻquv yurti, 2 teatr, 2 muzey, Blagoveshchensk cherkovi (12-a.) bor.


Lotin alifbosida maqola: VITEBSK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BELORUSSIYA
TOSHKENT
YENGIL SANOAT
ROSSIYA
VITEBSK VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты