TUNKAT

TUNKAT — oʻrta asr shahar xarobasi (mil. 5—12-a. lar). Ohangaron daryosi havzasida joylashgan. M. Ye. Massoy (192934) va Yu. F. Buryakov (195962) tomonidan arxeologik qazishma ishlari olib borilgan. Umumiy mayd. 50 ga. Ark, shahriston va raboddan iborat boʻlib, atrofi mudofaa devori bilan oʻralgan. Tunkat oʻrnidagi qishloq 5-a. boshlarida chorvador qabilalarning oʻtroqpashishi tufayli vujudga kelgan. 6-a. ga kelib qishloq shaharga, 6-a. oxirida esa Iloq poytaxtiga aylangan. Qoramozor togʻlarida oltin va kumush konlari mavjuddigi Tunkatning tez taraqqiy etishiga imkon bergan. Tunkat arkida hokim saroyi, masjid qurilgan. Shahriston va raboddan koʻplab metall, shisha va sopol buyumlarning topilishi, Tunkatda hunarmandchilik rivoj topganidan darak beradi. Tunkat dan, shuningdek, zebziynat buyumlari, qurolyarogʻlar va koʻplab tangalar topilgan. Tunkatning oʻz zarbxonasi boʻlgan. Krraxoniylar bilan kurash, qazilma boyliklarining tugab qolishi va Tunkatning savdo yoʻlidan chetga chiqib qolishi natijasida 11-a. ning 2yarmidan shahar tanazzulga uchragan. 12-a. dan Tunkat kimsasiz, tashlandiq holga kelib qolgan.

Ad.: Macson M. Ye., Axangeran. Arxeologotopograficheskiy ocherk, Tunkat, 1953; Buryakov Yu . F., Genezis i etapoʻ razvitiya gorodskoy kulturoʻ Tashkentskogo oazisa, Tunkat, 1982.


Lotin alifbosida maqola: TUNKAT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
TOSHKENT VILOYATI
YAPONIYA
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты