TUNNEL

TUNNEL, tonnel (ing. tunnel — quvur) — transport yurishi, suv utishi, kommunikatsiyalar joylashishi va b. maqsadlarga moʻljallangan, yotiq yoki qiya joylashgan yer osti yoki suv osti sunʼiy inshooti. Uzunligi koʻndalang oʻlchovlaridan birmuncha katta boʻladi. Vazifasi, yer yuzasiga nisbatan joylashishi, chuqurligi va qurish usullari boʻyicha turlarga boʻlinadi. Vazifasi boʻyicha — aloqa yoʻllaridagi (metropoliten, t. y., avtoyoʻl, piyodalar oʻtish joylari va b.), gidrotexnik, kommunal, konchilik sanoati, maxsus maqsadlarda qurilgan (mudofaa inshootlari, yer osti elektr styalari va b.); yer yuzasiga nisbatan joylashishi boʻyicha — togʻ osti, suv osti va tekislikdagi; joylashish chuqurligi boʻyicha — sayoz va chuqur joylashgan; qurish usullari boʻyicha — ochiq, yopiq va maxsus usullarda quriladigan Tunnellar mavjud. Tunnel larning koʻndalang kesimi doyra, tuxumsimon va toʻgʻri toʻrtburchak shaklda boʻlishi mumkin. Tunnel qazish ishlari yer yoki tog katlamining gidrogeologik sharoitiga qarab turlicha usulda amalga oshiriladi.

Tunnel boʻshligʻi, odatda, sunʼiy mustahkamlashni, yaʼni qoplama qurishni talab qiladi. Qoplamalar metall (poʻlat yoki choʻyan), tabiiy va sunʼiy toshlar, beton va temirbetondan qilinishi mumkin. Metall qoplamalar yigʻma elementlar — tyubinglardan yigiladi, beton va temirbeton qoplamalar maxsus qoliplarga quyilib tiklanadi. Keyingi yillarda sunʼiy boʻshliqni oʻrab turgan togʻ massiviga ankerlar va sim toʻrlar yerdamida mahkamlanadigan sachratmabeton qoliplar keng qoʻllanmoqda.

Tunnel xavosi, odatda, ortiqcha namlangan va yuqori traga ega boʻladi. Uning havosi tarkibini meʼyoriy holatga keltirish, zararli gazlar va yuqori traning odamga taʼsirini kamaytirish va Tunnel dagi koʻrinishga taʼsir qiladigan tutun bosimini yoʻqotish maqsadida Tunnelni shamollatish tizimi kullaniladi. Uz. 50—60 m gacha bulgan Tunnel larda tabiiy shamollatish, katta uzunlikdagi Tunnel larda esa markazdan qochirma va markaziy oʻq boʻylab taʼsir koʻrsatuvchi ventilyatorlardan foydalanilgan sunʼiy shamollatish qoʻllanadi.

Tunnel qurish ishlari, boʻsh, chukuvchan gruntlar sharoitida amalga oshirilganda, muzlatish va kimyoviy biriktirish, yer osti suvlari sathini pasaytirish usullarida gruntlar sunʼiy mustahkamlanishi mumkin.

Tunnel qurish tarixi uzok, utmishga borib takaladi. Mil. av. Bobil, Misr, Yunoniston va b. mamlakatlarda foydali qazilmalar olish, suv taʼminoti maqsadida qurilgan Tunnellar metin, lom yerdamida qazilgan. Keyinchalik kemalar qatnaydigan birinchi Tunnel (160 m ga yaqin) Fransiyada (1679—81), birinchi temir yul Tunneli (1190 m) Buyuk Britaniyada (1826—30) qurilgan. Eng uzun Metropoliten tunnelining ichki koʻrinishi.

Tunnel («Seykon») Xonsyu va Xokkaydo o. lari oraligʻidagi Sutaru bugʻozi ostidan 1988-y. da utkazilgan (uz. 53,85 km, suv ostidagi kismi 23,3 km). Portlatuvchi moddalar va oʻtish qalqonlari yaratilishi munosabati bilan t. y. va gidrotexnik Tunnellar kurildi. 20-a. urtalariga kelib avtoyoʻl Tunnellari va metropolitenlar, suv osti (mas., LaMansh boʻgʻozi ostidan, umumiy uz. 52,5 km) Tunnellari qurildi.

Hoz. paytda t. y., avtoyoʻl, gidrotexnik va metropoliten Tunnel larini loyihalash va qurish ishlari katta koʻlamda olib borilmoqda. Mas., Eronning Isfahon sh. da 68 bekati boʻlgan 123 km li metropoliten loyihalanmoqda, Xitoyda umumiy uz. 2500 km boʻlgan 5300 ta t. y. tunnelidan foydalanilmoqda; ulardan 22 ta Tunnelning uz. 5 km dan ortiq. Kelajakda Pekin va Shanxay shaharlarida umumiy uz. 408 km bulgan metropoliten va 562 km bulgan tezyurar tramvay qurish kuzda tutilgan. Katta hajmdagi Tunnel qurish ishlari Yaponiyada ham olib borilmoqda (2004).

Oʻzbekistonda mavjud toʻgʻonlar va GES larda gidrotexnik Tunnellar qurilgan, Kamchiq va Rezak dovonlarida umumiy uz. 2,5 km boʻlgan zamonaviy Tunnel qurildi (q. Kamchiq dovoni). Toshkent sh. da jami uz. 38 km boʻlgan metropoliten va transport Tunnel laridan foydalanilmoqda. Toshkent metropolitenini loyihalash va qurishda, metro qurilishida birinchi marta yirik hajmli yigʻma temirbeton elementlardan yigʻiladigan yoʻl yurish va bekat metro Tunnel larining yangi, zilzilabardosh konstruksiyalari yaratildi va amalda joriy etildi.

Ld.:Xrapov V. G. i dr., Tonneli i metropolitenы, 1989; Rashidov T. R., Ishanxodjayev A. A., Seysmostoykost tonnelnыx konstruksiy metropolitena melkogo zalojeniya, Tunnel, 1993.

Abdurahmon Eshonxoʻjayev.


Lotin alifbosida maqola: TUNNEL haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



METROPOLITEN
YER
TOSHKENT
OKEAN
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты