VITIM

VITIM (yuqori qismida — Vitimkan) — Sharqiy Sibirdagi daryo, Lenaning yirik oʻng irmogʻi. Ikat tizmasining sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Uz. 1837 km, havzasining mayd. 225 ming km2. Yuqori va oʻrta qismida jan.-sharq va sharqdan Vitim yassitogʻlarini aylanib, quyi qismida esa Stanovoy togligi va Patom togʻligi oʻrtasidan oqib oʻtadi. Togʻlar orasidan chiqqach, daryo vodiysi kengayadi; quyilish joyida kattagina delta hosil qilgan. Vitim, asosan, yomgʻir, qisman qor va grunt suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 1520 m3/sek. Vitim noyabr boshlaridan mayning oʻrtalarigacha muzlab yotadi. Vitimda quyilish joyidan Bodaybo sh. gacha (300 km) kema qatnaydi. Vitim havzasida oltin va slyuda konlari bor.


Lotin alifbosida maqola: VITIM haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SIRDARYO
AMUDARYO
YER
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты