TUPAYYALAR

TUPAYYALAR (Tupaiidae) — primatlar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Lemurlarga yaqin, biroqsoddaroq tuzilgan, baʼzi belgilari bilan uzunoyoqlilarga oʻxshaydi. Shuning uchun baʼzi olimlar Tupayyalarni haishrotxoʻrlarp kiritishadi. 5 urugʻni va 13 turni birlashtiruvchi 2 kenja oilasi: as l T. va pat dumli Tupayyalar bor. Asl Tupayyalar dumi baroq, patdumlilarniki taqir, uchida bir tutam tuklari boʻladi. Tupayyalar tanasi 10 — 25 sm, dumi 20 sm cha. Tashqi koʻrinishi olmaxonlarni eslatadi, faqat tumshugʻi choʻziqroq. Moʻynasi qalin, yumshoq, toʻq qoʻngʻir, sargʻishjigarrangda. Tishlari 38 ta, 1—4 bola tugʻadi. Hindiston, Hindixitoy, Xitoy, Filippin va Malayya arxipelagida tarqalgan. Oʻrmonlarda yashaydi. Asosan, hasharotlar va b. umurtqasiz hayvonlar bilan oziklanadi.


Lotin alifbosida maqola: TUPAYYALAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FILIPPIN
HINDISTON
XITOY
YER
Abdulhay Karimov - To’y bola


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты