VITRAJ

VITRAJ (frans. vitrage, lot. vitrum — shisha) — rangli oyna (shisha) parchalaridan terib yoki yorugʻlik oʻtkazadigan boshqa materiallardan foydalanib, deraza, eshiklarga har xil ranglarda naqsh, tasvir ishlash sanʼati; shuningdek deraza, toʻsiqlar oʻrnidagi (toʻliq yoki qisman ishlangan) shisha namoyon. Deraza oʻrnidagi rangli Vitraj nurlar jilvasini hosil qiladi, interyerning ifoda taʼsirini orttiradi. Dastlabki sodda Vitraj namunalari Qad. Misr (mil. av. 2 minginchi yil) va Rim (mil. 1-a.) da topilgan. Roman uslubida qurilgan ibodatxonalarda (Fransiyadagi Shartr sobori, Germaniyadagi Augsburg sobori, 12-a. boshlari), gotika soborlarida Vitraj keng qoʻllanilgan, boʻyalgan shishalardan oʻtayotgan nur bino ichini jozibador koʻrsatgan. Keyinchalik rangsiz yoki rangli shishalarga silikat boʻyoqlarda rangtasvir asarlari ishlash texnikasi qoʻllanilgan. 20-a. ga kelib Vitraj ishlash mahorati oshdi, Vitraj uchun shishalar maxsus usulda ishlana boshlandi. Keyingi yillarda shisha yoki plastmassa, sement va temir-beton bilan mustahkamlanadigan usuli keng tarqalib, Vitrajning imkoniyat doirasi kengaydi. Oʻzbekistonda Vitraj 20-a. 60-y. laridan rivojlandi, qator mahobatli asarlar yaratildi. «Zarafshon» restorani, «Oʻzbekistan» mehmonxonasi, Temuriylar davlati tarixi muzeyi Vitraj lari shular jumlasidan.


Lotin alifbosida maqola: VITRAJ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YAPONIYA
MISR
FRANSIYA
SHISHA
AMALIY SANʼAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты