TUPOLEV Andrey Nikolayevich

TUPOLEV Andrey Nikolayevich (1888.29.10, Kalinin viloyati — 1972.23.13, Moskva) — rus aviakonstruktori, akad. (1953), generalpolkovnikmuxandis (1968), 3-marta Mehnat Qahramoni (1945, 1957, 1972), Moskva oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1918). N. Ye. Jukovskiy bilan birga Aerodinamika intini tashkil kilgan (1918), shu int tarkibida samolyotlar, torpeda katerlari va aerochanalar yaratish bilan shugʻullanuvchi tajriba konstruktorlik byurosini tuzgan (1922) va uni boshkargan. Tupolev rahbarligida 100 dan ortiq tipdagi harbiy va fuqarolar samolyotlari, shu jumladan, ANT25, TU104 samolyotlari (birinchi reaktiv fuqaro samolyoti), TU114, TU144 (tovushdan tezuchar fuqarolar samolyoti) yaratilgan. Tupolev samolyotsozlikka duralyuminiyni tatbiq qilish ishlariga rahbarlik qilgan (1922—24). Tupolev samolyotlarida 78 jahon rekordi oʻrnatilgan, 28 noyob uchib oʻtishlar (shu jumladan, ANT4 samolyotida «Chelyuskin» paroxodi ekipajini qutqarish, ANT25 samolyotida V. P. Chkalov va M. M. Gromovning Shim. qutb orqali AQSH ga qoʻnmay uchishi) bajarilgan.


Lotin alifbosida maqola: TUPOLEV Andrey Nikolayevich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVIATSIYA
ROSSIYA
FRANSIYA
TOSHKENT
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты