VITTIXENIT

VITTIXENIT (Germaniyadagi Vittixen joy nomidan) — mineral. Kimyoviy formulasi CUjBiSj. Rombik singoniyali. Mayda halqasimon va plastinkasimon va shakleiz agregatlar. Rangi toʻqkulrang, qoʻrgʻoshinsimon. Yaltiroqligi metallsimon. Qattiqligi 2—3. S. of. 6,3—6,7. Gidrotermal kontaktmetasomatik konlarda mis va vismut minerallari bilan birga hosil boʻladi. V. Oʻzbekistonda Qurama (Qalmoqkir, Oqtosh, Adrasmon, Mazbuloq) va b. volfram-molibden konlari (Ingichka, Yaxton, Choshtepa) da uchraydi. V. Germaniyada (Vittixen), AQSHda (Byut) va b. joylarda maʼlum. Mis, vismut olinadigan ruda.


Lotin alifbosida maqola: VITTIXENIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



MINERAL
YAXTON VOLFRAM KONI
VISMUTIN
VISMUT RUDALARI
GERMANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты