TUPROQ GEOGRAFIYASI

TUPROQ GEOGRAFIYASI — tuproqshunoslik fanining boʻlimi; tuproqlarning Yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini tuproqgeografik rnlashtirish maqsadida oʻrganadi. Aniqlangan qonuniyatlar asosida har xil tuproq tiplari, turlicha tabiiy va samarali unumdorlikka ega boʻlgan yerlar miqdoriy inventarizatsiya qilinadi (q. Tuproq bonishirovkasi). Umumiy va maxsus (mintaqaviy) Tuproq geografiyasiga boʻlinadi. Umumiy Tuproq geografiyasi tuproq paydo boʻlish omillarini oʻrganadi, ularning turli tiplariga taʼrif beradi va geografik joylanishining umumiy hamda xususiy qonuniyatlarini aniklaydi. Maxsus Tuproq geografiyasi esa tuproq rnlashtirish masalalarini oʻrganadi va maʼlum hududdagi tuproqlarni taʼriflash hamda xaritalarini tuzish bilan shugʻullanadi. Tuproq geografiyasi tuproqlarning geografik joylanishini asosiy tuproq paydo qiluvchi omillar bilan bogʻliklikda qiyosiygeografik usulda oʻrganadi. Tuproq geografiyasi maʼlumotlari tuproq xaritasini tuzishda nazariy asos boʻlib, qishloq xoʻjaligi. da asosiy ishlab chiqarish. vositasi boʻlgan yerdan unumli foydalanishda katta ahamiyatga ega.


Lotin alifbosida maqola: TUPROQ GEOGRAFIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
GEOGRAFIYA
TABIIY GEOGRAFIYA
FIZIKA
TARIX


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты