TUPROQ GORIZONTI

TUPROQ GORIZONTI, tuproq qatlami — tuproqning rivojlanish jarayonida tabiiy shakllangan va ajralib turgan qatlami. Maʼlum qalinlikka ega gorizontlar bir-biridan morfologik belgilari, shuningdek, fizik xossalari, mexanik, kimyoviy hamda mineralogik tarkibi bilan farq qiladi. Har bir qatlam tuproqning hosil boʻlish va rivojlanish tarixini oʻzida yaqqol aks ettiradi. Tuproq qatlamlari majmui tuproq kesmasi (profili)ni hosil qiladi. Tuproq gorizonti bosh harflar — A, V, S, gorizontcha (qatlamcha)lar esa indeksli harflar bilan belgilanadi. Chirindi moddalari asosan, ustki chirindili qatlamda (chirindiliakkumulyativ yoki elyuvial gorizont deb atalib, A harfi bilan belgilanadi) xrsil boʻlib, toʻplanadi va baʼzi tuproklarda suvda eriydigan mineral hamda organik moddalar bu qatlamdan yuviladi, tuproqning mineral qismi yemiriladi. Bundan pastda oʻtkinchi — shimilma (V; illyuvial yoki metamorfik) qatlam joylashgan boʻlib, unda elyuvial qatlamdan yemirilgan mineral modda mahsulotlarining yuvilgan maʼlum qismi toʻplanadi. Tuproq profili ona jins gorizonti (S) bilan chegaralanadi.


Lotin alifbosida maqola: TUPROQ GORIZONTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
MINERAL
OKEAN
TOSHKENT
KIMYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты