VIXUXOLLAR

VIXUXOLLAR (Desmana) — hasharotxoʻr sut emizuvchilar turkumining bir urugʻi. Vixuxollar oilasiga kiradi. Vixuxol (Desmana moschata) Volga, Don va Ural daryolarida tarqalgan. Tuzilishi suvda yashashga moslashgan. Boʻyi 20 — 22, dumi 18—20 sm cha, hasharotxoʻr sut emizuvchilarning eng kattasi. Tumshugʻi uchida uzun xartumchasi, orqa oyoq panjalari orasida suzgich pardasi bor. Dumi tangachalar bilan qoplangan, dumi ostida yogʻsimon hidli modda — mushk (muskus) ajratadigan bezlar bor. Bu modda bilan Vixuxollar jununi moylaydi. Moʻynasi ipakdek mayin va silliq, usti toʻq jigarrang, osti kumushdek oq. Vixuxollar uyasini qirgʻoqlarga quradi. Bahorda urchiydi. Homiladorlik davri 50 kun, 1—5 ta bola tugʻadi. Bolasi bir yoshda voyaga yetadi. Vixuxollar suv hasharotlari, zuluk, mollyuska va mayda baliqlar bilan ovqatlanadi. Yiliga ikki marta (yoz va qishda) tullaydi. Vixuxolning ikkinchi turi Galemus urugʻiga mansub boʻlib, bitta tur Pirenei Vixuxollar — D. pyrenaicus Pirenei yarim orolidagi togʻ daryolarida yashaydi, soni juda kamayib ketgan. Ikkala turi ham Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.


Lotin alifbosida maqola: VIXUXOLLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
BALIQLAR
YEVROPA
ROSSIYA
OKEAN


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты