TUPROQ NAM SIGʻIMI

TUPROQ NAM SIGʻIMI — tuproqning nam tutish xususiyatini xarakterlovchi kattalik; tuprok, massasi yoki hajmiga nisbatan foizlarda ifodalanadi. Tuproq nam sigʻimining asosiy turlari: toʻla (tuproq kovaklari suv bilan toʻla); umumiy (grunt suvlari chuqur boʻlgan joylarda yer ustidan sugʻorilganda va grunt suvlari yaqin joylarda suv tuproq tagidan berilgan sharoitda tuproqda nam uzoq saqlanib turadi); kapillyar (tuproq gorizontlaridagi muvozanatda turgan namlik tuprok, kapillyar hoshiya chegaralarida joylashib, shu gorizontlarning grunt suvlar sathidan qanday balandlikda turishiga bogʻliq holda oʻzgarib turadi); dala (eng kichik, chegaralangan dala, nisbiykapillyar osilgan namning eng koʻp miqdori); maksimal molekulyar (tuprokdagi qattiq zarrachalar yuzasida tortishish kuchlari taʼsirida ushlanib turgan eng koʻp namlik mikdori). Dala va kapillyar nam sigʻimlari qishloq xoʻjaligi. ekinlari optimal sugʻorish rejimini hamda melioratsiya uchun zarur suv normalarini xisoblab chiqishda katta ahamiyatga ega. Bu qishloq xoʻjaligi. ekinlarining yaxshi oʻsishi va hosildorlikning oshishini taʼminlaydi. Dala nam sigami 1 m qalinlikdagi galli tuproq uchun, odatda, massasiga nisbatan 25%, ogʻir qumoqli tuproqda 22%, oʻrtacha qumoklida 19%, yengil qumoklida 16%, qumloqida 13% va qumlida 10% atrofida boʻladi. Mac, gʻoʻza tuproq nami dala nam sigʻimining 65—70% ni tashkil etganda yaxshi rivojlanadi.


Lotin alifbosida maqola: TUPROQ NAM SIGʻIMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
OKEAN
NAM SIGʻIMI
MELIORATSIYA
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты