VISHNEVSKIY Aleksandr Aleksandrovich

VISHNEVSKIY Aleksandr Aleksandrovich (1906—1975) — jarroh, Tibbiyot FA akad. (1957), Rossiya (1956) va Oʻzbekistonda (1963) xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tibbiyot xizmati generalpolkovnigi (1963), tibbiyot fanlari d-ri (1936), prof. (1939). 1948-y. dan Tibbiyot FA Jarrohlik in-tining direktori. Ayni vaqtda 1956-y. dan Armiya bosh jarrohi. Mitral stenoz boʻlgan yurakni jahonda birinchi boʻlib operatsiya qilgan (1953); sunʼiy qon aylanish apparati yordamida «ochiq yurak» operatsiyasini birinchi boʻlib amalga oshirgan (1957). Tugʻma va hayotda orttirilgan yurak porogini operatsiya qilib davolashning yangi usuli Vishnevskiy rahbarligida ishlab chiqilgan.


Lotin alifbosida maqola: VISHNEVSKIY Aleksandr Aleksandrovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
TOSHKENT
XITOY
TIBBIYOT
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты