VLADIKAVKAZ

VLADIKAVKAZ (osetincha Dzaujikau) (1931—44 va 1954—90 y. larda Orjonikidze, 1944—54 y. larda Dzaujikau) — RF dagi shahar (1860-y. dan). Shim. Osetiya poytaxti, Terek daryosi sohilida. T. y. stansiyasi. Aholisi 325 ming kishidan ziyod (1999). Mashinasozlik (elektrotexnika, priborsozlik va b.), rangli metallurgiya, kimyo, shisha, yogochsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, 4 oliy oʻquv yurti (shu jumladan Shim. Osetiya un-ti), 4 teatr, Shim. Osetiya badiiy muzeyi, K. L. Xetagurov nomli Shim. Osetiya adabiyot muzeyi, Xetagurov uy-muzeyi bilan birga Shim Osetiya birlashgan muzeyi va b. bor. Turizm rivojlangan. Vladikavkazga Gruziya Harbiy yoʻlini qoʻriqlash uchun 1784-y. rus qalʼasi sifatida asos solingan.


Lotin alifbosida maqola: VLADIKAVKAZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
SHIMOLIY OSETIYA ALANIYA
XITOY
UKRAINA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты