VLADIMIR

VLADIMIR — RF dagi shahar, Vladimir viloyatining markazi. Klyazma daryosining chap sohilida. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 356 ming kishidan ziyod (1999). Shahar sanoatida mashinasozlik («Vladimir traktor z-di», «Avtopribor», «Elektropribor», elektr motori va boshqa i. ch. birlashmalari) yetakchi oʻrinda. Kimyo sanoati rivojlangan (sintetik smola, plastmassa va plastmassa buyumlari). Qurilish materiallari, tikuvchilik va trikotaj buyumlari, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr markazi bor. V. 1108-y. da knyaz Vladimir Vsevolodovich Monomax tomonidan Rostov-Suzdal knyazligini ximoya qiluvchi qalʼa sifatida barpo etilgan. Vladimirda «Oltin darvoza» (1158 — 64), Uspeniye (1158—60) va Dmitriyev (1194—97) soborlari saqlangan. Politexnika va ped. in-tlari, 11 maxsus oʻrta oʻquv yurti, 2 teatr, Vladimir-Suzdal tarixiy meʼmoriy va badiiy muzeyqoʻriqxona bor.


Lotin alifbosida maqola: VLADIMIR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
FRANSIYA
XITOY
ITALIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты