TURAR JOY — yashash maskani, boshpana joy, uyjoy binolari. Oila istiqomat qiladigan uy, oilaning maishiy hayoti oʻtadigan muhit. Turar joy ibtidoiy davrlardayoq taom tayyorlash, libos kiyish qatorida paydo boʻlgan. Turar joylar meʼmorliqsa eng koʻp tarqalgan inshoot turi boʻlib, boshqa turdagi inshootlarning shakllanishi va rivojlanishini koʻp jihatdan belgilab bergan. Turar joyning tashki va ichki shakllari, turlari va koʻrinishi jihatidan xilmaxilligi iklim, tabiiy geografik sharoit takrzosi, ijtimoiy munosabatlar xususiyati, iqtisodiy moddiyturmush darajasi, madaniy va milliy anʼanalarga bogʻliq holda rivojlanib, murakkablashib borgan. Turar joyning oddiy turlari qad. tosh davridan maʼlum. Turar joylar asrlar davomida togʻ gʻorlari, tabiatdagi oddiy boshpana bostirmalardan boshlab, zamonaviy koʻp qavatli uylargacha murakkab tarak,qiyot jarayonini bosib oʻtgan. Ayni vaktda meʼmorlik shaklu shamoyili asosini taʼminlab kelgan. Tosh davrida gor, chayla, yertoʻlalar Turar joy vazifasini oʻtagan (q. Ibtidoiy jamiyat). Inson oʻtroqlashgan sari T. j. shakli ham oʻzgara borgan, oʻrmonli joylarda yogʻoch uylar yuzaga kelgan (botqoq va suv bosadigan yerlarga yogoch, xoda qoqib, ustiga uy qurilgan). Iqlimi quruq, daraxt oʻsmaydigan dasht va togʻ etaklarida neolit davridan boshlab tosh, loy, xom gʻisht, guvala, somon kabi qurilish materiallaridan foydalanilgan. Osiyo va Afrikaning chorvachilik bilan shugʻullanadigan oʻlkalarida koʻchma Tj. lar keng tarqalgan. Chodir (hayvon terisi, matodan; Osiyoning jan. toglik hududlarida, eroniylar, arablar), oq uy, qora uyoʻtov, chayla, kapa, olachuq kabi (namat va yogʻochdan) mugʻul koʻchma uyjoylari ayniqsa koʻchmanchi turkiy qavmlarda keng qoʻllangan, hatto arava ustiga qurilgan koʻchik (koʻshk)lar Dashti Qipchoqsan Sharqiy Yevropagacha boʻlgan hududlarda kuzatilgan. Shim. da eskimoslarning Turar joy lari bugʻu terisi va muzdan qurilgan.
Jamiyatda tabaqalanish yuzaga kelgach Qad. Misr, Qad. Rim va Yunonistont qullarning sodda uy, kulbalari bilan bir qatorda kuldorlarning uyqoʻrgʻonlari, koʻp xonali qalʼalari barpo etilgan. Gʻarbiy Yevropa shaharlarida sinchkor faxverkli qurilmadagi Turar joylar hozirgacha saqlangan. Sharqiy slavyan (shu bilan birga rus, ukrain, belorus) va hududi ularga yaqin xalqlar (fin, eston, litva, rumin va b.)da dastlab yogʻoch qalab qurilgan uylar (xata va b.) keng tarqalgan. Kavkaz xalklarida togʻ qoyalari—terrasalarda loy va toshdan ustmaust qurilgan kulbalar, minorasimon koʻp qavatli uylar (Togʻli Dogʻiston va b.) tarqalgan. Hindistonda Turar joy xom va pishiq gʻishtdan, tomi yassi, baʼzan nishabli yasalib, ustiga poxol qamish, yirik barglar bosilgan. Sinchli yogʻoch yoki bambukdan somonli loy bilan suvalgan uylar ham boʻlgan. Sharqiy Osiyo mamlakatlarida (maye. shim. Xitoyda) sinchli, xom gʻishtli devor ustidan suvalib tomiga poxol, qamish bostirilgan. Tez-tez zilzila boʻlib turadigan joylarda asosan sinchkori yengil uylar koʻp qurilgan.
Uygʻonish davrida Italiya shaxarlarida aslzodalarning saroy palassolari, villalari, bogʻpark majmualari oʻziga xos meʼmoriy tizim va uslubga ega boʻlgan (Dojlar saroyi va b.).
19-a. oxiri — 20-a. boshlarida rivojlangan Angliya T. j. lari boshqa Yevropa mamlakatlaridagi Turar joy qurilishiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Unda F. Uebb, N. Shou va Ch. Voysi kabi meʼmorlar loyihasi maʼlum bir oila ehtiyojini puxta oʻrgangan holda, uning atrofmuhitini, iqlim sharotini va uyning joylanish oʻrnini, foydalaniladigan qurilish materiallarini namoyish etib, xususiyatini ochib berdi. AQSH, Kanada kabi sanoati rivojlangan mamlakatlarda Turar joy sanoatida ishlab chiqarilgan bir xil andozadagi yigʻma yogʻoch uylardan foydalanish katta imkoniyatlar yaratib berdi. Yevropadagi ishchilar uyi qator yaxlit umumiy maishiy ehtiyojni oqilona hisobga olishni aniq misollarda namoyon etdi. Alohida oilalarning turli ehtiyojlarini hisobga olgan holda bunyod etilgan Angliya kottejpari, koʻpxonadonli oilalarda zamonaviy qulayliklar yaratilgan daromadli uylar meʼmorlarning qurilishda toʻplagan imkoniyat va uslublarini zamonaviy Turar joy turini yaratishida muhim rol oʻynadi.
20-a. dan rivojlangan Yevropa mamlakatlarida yangi kurilish materiallari (metall, temirbeton, oyna va b.) zamonaviy Turar joy qurilishiga tadbiq etildi. Shaharlarda aholi sonining keskin oshishi natijasida daromad keltiradigan uylarning koʻplab qurilishiga eʼtibor berildi. Turar joylar kurilishida zamonaviy kulayliklar (vodoprovod, kanalizatsiya, gaz, lift va b.) ga ega boʻlgan, bir-biri bilan tutashgan seksiyalar, qavatmaqavat takrorlanuvchi xonalar guruhidan iborat koʻp kavatli uymajmualar keng tarqaldi. Oʻzbekistondagi dastlabki Turar joy qoldiqlari Zamonbobo, Jarqoʻton, Jonbosqalʼa, Dalvarzintepa, Termiz, Tuproqqalʼa kabi shaharqurgʻonlar, qalʼalardan topilgan. Kurilishda yogʻoch, loy, paxsa, guvaladan foydalanilgan. Varaxsha, Afrosiyob, Bolaliktepa va b. dagi saroy devorlari rayem, haykal va boʻrtma bezaklar bilan pardozlangan. 6—8-a. lardagi Kesh, Sugʻd, Tohariston, Chagʻoniyon, Shosh kabi manzillardagi Turar joylar, asosan, sugʻoriladigan sersuv yerlarda bunyod etilgan. Shahar atrofidagi mavzelarda xunarmand, dehqonlar yashagan. Qadim Turkiston yaylovlarida yashagan turkiy aholi yengil koʻchma uylarning ajoyib tur va shakllarini yaratgan (utov, yurt, chodir, xirgoh, kapa, olachuq va b.). Koʻchmanchilarning 2 yoki 4 gʻildirakli aravalarga urnatilgan qamish uylari haqida sayyoh va elchilar Marko Polo, Plono SHL Karpini va b. ning «Ya sayohatnomalarida yozilgan. Xorazmshoh Abulgʻoziy Bahodirxon aytishiga koʻra qangʻli arava (kuchma uy)ni dastlab kashf etgan turkiy qavm keyinroq Qangʻli nomi bilan mashhur boʻlgan. Qangʻli uylar mil. av. 4-a. da ham keng tarqalgan. Koʻchmanchilar oʻtroq hayotga oʻtganda ham chodir, oʻtov kabilar yogʻoch qurilmalar va namat, julxirslar asosida bunyod etilgan. Shular qatori ulkan paxsa devorli, xom gʻishtdan terilgan baland devorli qalʼaqoʻrgʻonlar, shahar devorlari tiklangan.
Amir Temur hukmronligi davrida qurilgan Turar joy meʼmorligi oʻzining hashamatliligi, muhandislik ilmining yuksakligi, serhasham bezaklarga boyligi bilan ajralib turadi (q. Amir Temur bogʻlari, Oqsaroy). Tarixiy manbalarda saroy, chorbogʻ va b. haqida qiziqarli maʼlumotlar saqlangan.
Shahar markazlarida mahapla va guzarlar shakllanib, ularda xunarmand va savdogarlar koʻplab doʻkonlar (chorsu, tim, toqilar) katorida oʻzlarining hashamatli Turar joy larini ham qurganlar. Turar joylar ichkari va shashqari hovlili boʻlib, xonadon egasining mavqeiga karab jihozlangan. Mehmonxonalar oʻziga xos milliy bezaklar (tokcha, taxmonli, shipi vassaln, hovuzashm, devorlari namoyonli naqshlar) bilan bezatilgan. Gilam, choyshab, soʻzana, sandh, kuti, xontaxta kabi uyroʻzgʻor buyumlari bilan jihozlangan.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qoʻqon, Toshkent kabi koʻhna shaharlarda, asosan, 18—19-a. larga oid Turar joy namunalari sakdangan, ularda oʻziga xos shaklu shamoyil, pastbalandliklardagi mutanosiblik, mahalliy qurilish ashyolaridan foydalanish, quyoshning jazirama issigʻini toʻsuvchi usullarning hammasi hisobga olingan. Uylarning fayzi hovlilar orkali namoyon boʻlgan, koʻcha tomondan faqat oʻymakor eshik va darvoza oldidagi ayvoncha koʻzga tashlanadi. Turar joy jlarni hovliaGʻa va ayvonsiz tasavvur qilib boʻlmaydi (q. Toshhovli, Sitorssh Mohi Xosa, Nurullaboy saroyi va b.).
Chor Rossiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olgach, anʼanaviy Turar joylar bilan bir qatorda Toshkent, Samarqand, Kogon, Andijon, Skobelev (Fargʻona), Qoʻqon va b. shaharlarda 1—2 qavatli uylar yevropacha uslubda qurila boshlandi. Bu binolarning meʼmoriy qiyofalari mahalliy sharoitga dastlab begona koʻringan. 20-a. boshlarida ishchilar uchun yangi arzon,oddiy Turar joylar Toshkentdagi Temir yoʻl koʻchasi (sobiq Tezikov bogi) dagi ishchilar shaharchasida qurila boshlandi. Boy va savdogarlar Turar joylari — Toshkentdagi Romanov saroyi, A. Polovsev uyi, Qoʻqondagi akauka Simxoyevlar uylari, Knaab uyi, Samarqandda Kalontarov uyi va b. ni rus harbiy muhandislari I. A. Markevich, G. M. Svarichevskiy, V. S. Geynselman va b. mahalliy xalq ustalari bilan hamkorlikda qurganlar. 1937-y. dan uyjoy boshqarmalariga qarashli 4—5 qavatli Turar joy binolari, keyinchalik 9 qavatli (1966-y. dan) yigʻma temirbeton T. j. lar qurilishi avj oldi. Qishloq meʼmorligida R. Abdurasulov, A. Mahkamov, V. Kolomenskiy kabi meʼmorlar loyihasi asosida 2 qavatli kottejlar bunyod etiddi. Qishloklarda 3—4 qavatli uylarning joriy etilishi aholiga ancha noqulayliklar keltirib chiqardi. 70-y. lardan loyiha intlari tomonidan bir xil andozadagi loyihalarning yangi turlari yaratildi. 80 y. lardan 16 qavatli va undan baland eksperimental Turar joylar bunyod etildi. Shaharlarda aholining keskin koʻpayishi natijasida yirik Turar joy massivlari (Chilonzor, Sergeli, Yunusobod, Yalangʻoch, Sebzor va b.)dagi Turar joy binolari qurilishida 76, 146, 148, 176 turkumdagi loyihalardan foydalanildi. Ammo bu loyihalar ancha qulayliklarga ega boʻlish bilan birga, yashovchilarning mahalliy extiyoj va talablarini toʻla qondira olmas edi. Bu ehtiyoj va talablar, asosan, 1—2 qavatli shaxsiy Turar joy larda amalga oshirildi.
Turar joylar meʼmorligi hoz. vaktda turli jihatlarga koʻra tasniflanadi, jumladan, qurilish ashyolari boʻyicha (gʻishtli, betonli), qurilish texnologiyasi boʻyicha (yirik blokli, panelli), oʻzaro birikuvi boʻyicha (bloklangan, alohida qurilgan), loyihalarini amalga oshirish qirralari boʻyicha (individual, takroriytipik), qavatlari boʻyicha (kam qavatli, koʻp qavatli), xonadon (kvartira)larning oʻzaro birikuvi boʻyicha (galereyali, seksiyali kabi), egalik boʻyicha (shaxsiy, shirkatga qarashli, davlat mulki), hovlining mavjudligi va yana b. jihatlari boʻyicha ajratiladi. Shahardan tashqaridagi Turar joylar soddaroq koʻrinishi bilan farqlangan.
Turar joyning eng muhim sifatlari uning qulayligi va koʻrkamligidir. Ular koʻiroq meʼmoriy yechim (xilmaxil, baʼzan qaramaqarshi talablarni oʻzaro uygʻunlashtiruvchi reja, qurilish ashyolarining konstruktiv va badiiy sifatlarini toʻla ochish va b.) bilan taʼminlanadi. Mahalliy aholi Turar joy larida naqqoshlik, oʻymakorlik kabi bezaklar keng qoʻllanadi. Turar joy larda jihoz (xonumon), jumladan, hoz, vaqtda muhandislik taʼminoti (issiq, sovuq suvlar, gaz, elektr quvvati), oqova (kanalizatsiya), shamollatish, konditsionerlash va b. katta ahamiyatga ega. Turli mebellar (xontaxta, kursi, yumshoq mebel kabilar) xonalarga shinamlik baxsh etadi. Maishiy texnika buyumlari (sovutqich, televizor, kompyuter) isteʼmoli kengayib bormoqda. Koʻpgina jihoz buyumlarini yaratish sanʼat darajasiga koʻtarilgan (kulollik, kandakorlik, gilamchilik, kashtachilik va b.).
Oʻzbek uyjoylarida koʻkalamzorlashtirishga va suv inshootlariga katta eʼtibor beriladi. Hovlining bir qismidan yoki alohida joydan bog ajratiladi. Ularda, asosan, mevali, qisman manzarali daraxtlar oʻstiriladi. Hovli sahnida gulzor tashkil etilib unga rayhon, shoyigul kabilar ekiladi. Ilgari deyarli har bir uyning arigʻidan toza, ichimlik suvi oqib oʻtgan. Hoz. baʼzi hovlilarda suv havzasi (hovuz), favvoralar qurilmoqda.
Oʻzbek Turar joy larida asrlar mobaynida shakllanib kelgan qoʻshnichilik, mahallachilik urfodatlari oʻz aksini topgan: uy egasi tom nishabini hamisha oʻzining hovlisiga qaratgan, qoʻshni devoriga tutash boʻlgan biror qurilma koʻtarish niyatida boʻlsa qurilmaning balandligini qoʻshnisining roziligi bilan amalga oshirgan va h. k. Bulardan tashqari, qoʻshnichilik munosabatlarini «obraha», «haqraha», «shafiq» kabi odatlar belgilagan.
Mustaqillikdan keyin Turar joy meʼmorligida yangi qurilish mezonlari va qoidalari qabul qilindi. Davlat tomonidan moliyalanadigan koʻp qavatli va kottej T. j. lari bilan bir qatorda yakka tartibdagi shaxsiy uylar, jumladan, hashamatli («elita») uylar qurish keng tarqaldi. Turar joy larda milliy va «yevropa» uslublari uygʻunlashib, yangi qurilish texnologiyasi va bezash ashyolari keng qoʻllanmoqda.
Ad.: Voronina V. L.,Narodnыye traditsii arxitekturы Uzbekistana, M., 1951; Adыlov SR., Tursunov F. Yu. i dr. Gorod, rojdennыy dvajdы, M., 1970; Asamov X. A., Borovkov I. I., Pletnev I . Ye., Jiliщnograjdanskoye stroitelstvo Uzbekistana za 50 let, M., 1974; Kadыrova Turar Joy, Arxitektura Uzbekistana, M., 1987. Poʻlat Zohidov, Xayrulla Poʻlatov.