TURAR JOY DAXLSIZLIGI

TURAR JOY DAXLSIZLIGI — fuqarolarning konstitutsiyey shaxsiy huquq va erkinliklaridan biri. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolarning turar joyi daxlsizligini kafolatlaydi (27modda). Bunga koʻra, hech kim qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari, birovning turar joyiga kirishi, tintuv oʻtkazishi yokya uni koʻzdan kechirishi mumkin emas. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi JK ning 142moddasiga asosan, turar joyga unda yashovchilarning erkiga xilof ravishda zoʻrlik ishlatib bostirib kirish 3 y. gacha axloq tuzatish ishlari yoki 5 y. gacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi koʻrsatilgan. Turar joy daxlsizligi deganda xususiy mulk boʻlgan uylar, kvartiralar olib qoʻyilishi, mulkdor esa uyga, kvartiraga mulk huquqidan mahrum etilishi mumkin emasligi ham tushuniladi. Ammo bir qator hollarda Turar joy daxlsizligiga boʻlgan huquq istisno etiladi. Jumladan, garov munosabatlarida undiruv garovga qoʻyilgan molmulkka qaratilganda, natsionalizatsiya, rekvizitsiya, musodara qilinganda Turar joy daxlsizligi chetlab oʻtiladi. Mirodil Baratov.


Lotin alifbosida maqola: TURAR JOY DAXLSIZLIGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XUSUSIY MULK
TINTUV
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ORDEN VA MEDALLARI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты