TURBINA

TURBINA (frans. turbinus — uyurma) — ish jismi — bugʻ, gaz yoki suvning kinetik energiyasini mexanik ishga aylantiruvchi birlamchi dvigatel. Ish organi — rotor. Ish jismi oqimi rotor parraklariga taʼsir qilib, uni aylantiradi. Turbinaning aktiv (faol) va reaktiv, bir va koʻp pogʻonali turlari bor. Muqim (statsionar) bugʻ va gaz Turbina lari elektr toki generatorlarini (turbogeneratorlar), markazdan qochma kompressorlar va havo haydovchi qurilmalarni (turbokompressorlar, turbohavo haydagichlar), taʼminlash, yonilgʻi va moy nasoslarini (tubronasoslar) harakatlantirish uchun qoʻllanadi. Transport bugʻ va gaz Turbina laridan kemalarda asosiy dvigatel sifatida foydalaniladi. Gaz Turbinalari ham aviatsiya dvigatellari (turbovintli va turboreaktiv dvigatellar) sifatida, baʼzi hollarda (yuqori quvvatli dvigatellar zarur boʻlganda) lokomotivlar (gazoturbovozlar) va maxsus avtomobillarda ham qoʻllanadi. Gidravlik Turbinalar gidroelektr styalarida elektr toki generatorlarini harakatlantirish uchun ishlatiladi (gidrogeneratorlar). Tejamliligi, ixchamligi, ishonchliligi va katta quvvat hosil qila olishi tufayli Turbinalar energetikada porshenli bugʻ mashinalarining oʻrnini egalladi (q. Bugʻ turbinasi, Gaz turbinasi, Gidroturbina).


Lotin alifbosida maqola: TURBINA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVIATSIYA DVIGATELI
AVIATSIYA
DVIGATEL
REAKTIV DVIGATEL
YER


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты