VLADIMIR OT ZOTI

VLADIMIR OT ZOTI — ogʻir yuk tortuvchi ot zoti. Rossiyaning Vladimir va Ivanovo viloyatlari xoʻjaliklarida 20-a. ning 30-y. larida mahalliy yirik yuk tortuvchi ot zotlarini kleydestal, tayr va suffolok kabi Angliya ot zotlari b-n chatishtirib yaratilgan. 1946-y. da zot sifatida tasdiqlangan. Vladimir ot zotining tuyey toʻriq, peshonasi va oyoqlarida oq belgilari bor. Aygʻirlarining vazni 700 kg, biyalariniki 550 kg, toychalari tugʻilganida 50—60 kg. Mashhur aygʻirlari si nov paytida 16 t dan ortiq yuk tortgan. Vladimir ot zoti Rossiyaning oʻrta mintaqalarida boqiladi. Bu zot Oʻzbekistonda ham uchraydi. Vladimir ot zotidan koʻpchilik mamlakatlar va mintaqalarda mahalliy ot zotlarini yaxshilashda foydalanilgan.


Lotin alifbosida maqola: VLADIMIR OT ZOTI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
XITOY
TOSHKENT
FRANSIYA
BUYUK BRITANIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты