VLADIMIROVA Ninel Vasilyevna

VLADIMIROVA Ninel Vasilyevna (1929.24.4, Nikolayev sh.) — adabiyotshunos, tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984), filol. fanlari d-ri (1981). Oʻrta Osiyo davlat un-ti sharq f-tini tugatgan (1950). Oʻzbekiston FA Til va adabiyot in-tida ilmiy xodim (1950—81; 1985-y. dan), direktor oʻrinbosari (1981—85). Oʻzbek adabiyotida hikoya janri, badiiy tarjima nazariyasi haqida i. t. ishlari olib borgan. Oybekning «Mukammal asarlar» toʻplami (1—20; 1975—82) tu-zuvchilaridan. Said Ahmad («Ufq»), Mirmuhsin («Meʼmor»), Mirzakalon Ismoiliy («Fargʻona tong otguncha») romanlari va bir qancha hikoyalarni («Anor» toʻplami, 1967) oʻzbek tilidan rus tiliga tarjima qilgan. «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).


Lotin alifbosida maqola: VLADIMIROVA Ninel Vasilyevna haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
FRANSIYA
YAPONIYA
XITOY
OYBEK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты