TURGOR

TURGOR (lot. turgere — boʻrtmoq, toʻlmoq) — hujayra qobigʻining taranglik holati. Turgor xujayra ichidagi suyuklik va tashqi eritmaning osmotik bosimi qamda hujayra qobigʻining elastikligi tufayli roʻy beradi. Odatda, hayvonlar hujayrasi qobigʻining tarangligi uncha yuqori boʻlmaganidan (baʼzi boʻshliqichlilar bundan mustasno) Turgor holati kuchli emas; ularning bir butunligini faqat izotonii eritmalar saqlaydi. Tirik oʻsimlik hujayralarida esa ichki hujayra shirasining osmotik bosimi tashqi eritma osmotik bosimidan har doim katta, lekin hujayra devori sellyulozadan iborat boʻlganligi uchun hujayra qobigʻi yorilib ketmaydi. Turgor tufayli oʻsimlik toʻqimalari tarang va mustahkam boʻladi. Avtoliz jarayoni, oʻsimlikning soʻlishi va qarishi Turgor pasayishi oqibatida roʻy beradi.


Lotin alifbosida maqola: TURGOR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ERITMALAR
BIOLOGIYA
HUJAYRA DEVORI
HUJAYRA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты