VODIL QABRISTONI

VODIL QABRISTONI — jez davrida yashagan chorvador qabilalarga mansub qabriston (mil. av. 2-ming yillikning oxiri va 1-ming yillikning boshlari). 1956-y. Olay togʻi etaklarining Vodil tumani (Fargʻona vodiysi) qismidan arxeologlar — N. G. Gorbunova va B. 3. Gamburglar topgan. Vodil qabristoni hududida 273 mozor qoldigʻi bor. V. q. dagi qabrlarning 32 tasi tekshirilganda ular kimlarningdir tomonidan oldin ham ochilganligi, murda suyaklari joyidan qoʻzgʻatilganligi va ulardagi koʻp buyumlar oʻgʻirlanganligi aniqlandi. Tekshirilgan goʻrlardan faqat naqshli sopol idish parchalari, jezdan ishlangan bir necha bilaguzuk, isirgʻalar, bargsimon oʻq uchlari va b. buyumlar topildi. Vodil qabristoni dagi topilmalar andronovo madaniyatigg koʻp jihatdan oʻxshab ketadi.


Lotin alifbosida maqola: VODIL QABRISTONI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
XITOY
BOBIL-OSSURIYA MADANIYATI
YUNONISTON
MISR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты