VODILIY

VODILIY (taxallusi; asl ismi Soʻfiyev Abdurahmon) (1893, Fargʻona, Vodil qishlogʻi — 1965, Toshkent) — oʻzbek shoiri. Erkin fikrlilikda ayblanib quvgʻin va taʼqiblarda yashagan. Vodiliyning «Devon»i (1963), farzandlariga yozgan oʻgitlari bor. Abdurahmon Jomiyning tasavvufga oid kitobi, Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr», Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» dostonlarining qiyosiy, nasriy bayonlari hamda Muhammad Hodiyning «Alvohi intiboh» asarlariiing oʻzbekcha tabdili Vodiliy qalamiga mansub. Sheʼrlarida ozodlik yoʻlida kurashgan erksevar vatandoshlarining fikri, niyatlari aks ettirilgan.

As: Sheʼrlar, T., 1999.


Lotin alifbosida maqola: VODILIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALISHER NAVOIY
TOSHKENT
LISON UT-TAYR
QIYOSIY-TARIXIY TILSHUNOSLIK
MANTIQ


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты