TURK SOʻZI

«TURK SOʻZI» — ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy va adabiy turk gazetasi. 1918-y. mayda Toshkent sh. ning Shayxontohur dahasida Saidalixuja Eshonxoʻja oʻgʻli boloxonasida chop qilingan. Haftada 2-marta chiqqan. Gaz. «Birlashgan turk oʻrtoqligi» jamiyati nashri hisoblangan. Bosh muharriri — Temurbek Xudoyorxonov. «Turk soʻzi» «Soʻz va hayotdan oʻz nasibangizni olingiz» shiori ostida faoliyat koʻrsatgan. Gaz. ning asosiy maqsadi millatni siyosiy, iqtisodiy asoratdan qutqarish boʻlgan. Ammo bolsheviklarning Turkiston oʻlkasida milliy matbuotga boʻlgan salbiy munosabati oqibatida ushbu gaz. ham oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan. «Turk soʻzi»da koʻproq Muhammad Said (Axroriy), Tuygʻun va b. ziyolilarning maqolalari berib borilgan.


Lotin alifbosida maqola: TURK SOʻZI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
JADIDCHILIK
XITOY
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты