TURK TILI — turkiy tillarpgm biri. Asosan, Turkiyada, shuningdek, Iroq, Suriya, Eron, Ruminiya, Bolgariya, Gretsiya, Rossiya, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Kipr oroli, Makedoniya va b. mamlakatlarda tarqalgan. Turkiya Respublikasining va Kipr Respublikasining (grek tili bilan birga) rasmiy tili hisoblanadi. Oʻtgan asr oxirlarida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 55 mln. ga yakin (Turkiyaning oʻzida 50 mln. dan ortiq) kishini tashkil etgan. Dialektal jihatdan Turkiyada Sharqdagi, ayniqsa, Anatoliya shim. sharqidagi mintaqa ozarbayjon tiliga oʻxshashlik belgilari bilan ajralib turadi. Anatoliyaning boshka qismi hamda sharqiy frakiya shevalari, shuningdek, boshqa mamlakatlardagi Turk tili lahjalari oʻzaro unchalik farq qilmaydi.
Turk tilining fonetik oʻziga xosliklari: soʻz boshidagi va oʻrtasidagi j undoshining qarindosh turkiy tillardagi boshqa oʻxshash tovushlarga toʻgʻri kelishi, soʻz boshidagi rv, td, kg jarangeizlari va jaranglilarining farqlanishi va singarmonizmning mavjudligi, bir qancha soʻzlarda portlovchi v oʻrniga sirgʻaluvchi v undoshining kelishi; boshqa turkiy tillardagi «vo1» feʼlining «ol» tarzida qoʻllanishi va b. Morfologik belgilaridan mis shaklli sifatdoshning qipchoq va b. bir qancha turkiy tillardagi gan shaklli sifatdosh bilan vazifadoshligi; dik shaklli qad. harakat nomi va uog shaklli aniq hoz. zamon feʼlining faol qoʻllanishi va b. ni koʻrsatish mumkin.
Adabiy Turk tili hoz. shaklida 19-a. oʻrtalaridan shakllana boshlaydi. Bu davrda oʻrta asr adabiy tili (eski turk yoki usmonli turk tili) arabcha, forscha elementlarga boy boʻlgan. 20-a. ning 20-y. laridagi islohotlardan soʻng adabiy til umumxalq soʻzlashuv tili bilan yaqinlashdi. Eski Turk tilining arab yozuvida bitilgan yodgorliklari 13-a. dan boshlab mavjud. Dastlabki yodgorliklarda sharqiy turkiy (qoraxoniyuygʻur) adabiy tilining sezilarli taʼsiri bor. Hoz. yozuvi 1929-y. dan lotin grafikasi asosida.