VODOPROVOD TARMOGʻI

VODOPROVOD TARMOGʻI (rus. vodoprovod suv quvurlari) , su v quvurlari tarmogi — suv taminotining asosiy qismlaridan biri; isteʼmolchilarga suv yetkazib beriladigan suv quvurlari va qurilmalari majmui. Vodoprovod tarmogʻi tashqi va ichki qismlarga boʻlinadi. Tashqi Vodoprovod tarmogʻi koʻcha (hovli) tarmogʻi deb ataladi; bu tarmoq quvurlari koʻchalar, yoʻllar, hovlilarda zovur qazib koʻmiladi. Ichki Vodoprovod tarmogʻi tashqi tarmoqdan tortib ketiladi. Ichki tarmoqqa koʻp qavatli turar joylar, xususiy uylar, jamoat binolari, korxonalarning i. ch. binolari quvurlari va b. kiradi. Vodoprovod tarmogʻi magistral va tarmoqlanuvchi xillarga ham boʻlinadi. Magistral Vodoprovod tarmogʻi suv bilan taʼminlanadigan hududning uzoqroq joylariga suv olib ketish uchun moʻljallanadi. Tarmoqlanuvchi Vodoprovod tarmogʻidan ayrim mahalliy tarmoqdarga (uylar, hovlilar, jamoat binolariga) suv beri lad i. Aholi yashaydigan punktlarda yotqiziladigan Vodoprovod tarmogʻi tdagi suv bosimi 6 at dan oshmasligi lozim.


Lotin alifbosida maqola: VODOPROVOD TARMOGʻI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
TURAR JOY
ROSSIYA
YER
OʻZBEKLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты