TURKAN OGʻO MAQBARASI

TURKAN OGʻO MAQBARASI, Sho dimulk ogʻo maqbarasi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1372). Shohizinda ansambli tarkibida. Amir Temurning opasi Turkan ogʻo vafot etgan qizi Shodimulk ogʻo (1370—71)ga atab qurdirgan. 1383-y. da Turkan ogʻoning oʻzi ham qizi yoniga dafn etilgan. Maqbara (8,65×9,85 m) bir xonali, gumbazi qobirgʻali, tashqi tomonlari bezaksiz. Peshtogʻi va ichki tomoni sirkori gʻishtchalar, oʻymakor sirli parchin bezaklari feruza rangda nafis bezatilgan. Ichkarisidagi izora va namoyonlari, gumbazi serhasham bezaklarga boy. Shipi 8 boʻlakka boʻlinib, 8 qirrali yulduzchalar ichi naqshlar bilan toʻldirilgan va har biriga alohida turunj ishlangan. Mukarnaslar yuzasi va peshtoq ustunida samarqandlik Shamsiddin, Badriddin va buxorolik Zayniddin ustalarning nomlari yozilgan. Maqbara 1954-y. da ilmiy oʻrganilib, taʼmirlash ishlari olib borilgan. Maqbarada 14— 15-a. lardagi xalq ustalarining meʼmorlik va naqqoshlikda erishgan yutuklari yuksak mahorat ila aks etgan.


Lotin alifbosida maqola: TURKAN OGʻO MAQBARASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AMIR TEMUR
TOSHKENT
TEMURIYLAR
XALQ IJODI
AMALIY SANʼAT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты