TURKASHLAR

TURKASHLAR, turgash, turgesh — ilk oʻrta asr turkiy xalklaridan biri. Qozogʻistonlik tarixchi Yu. A. Zuyevning fikricha, Turkashlarning qad. ajdodlaridan birini yuyechji qabilalari tashkil qilgan. Turkashlar toʻgʻrisida ilk maʼlumotlar 7-a. ning 2choragidan uchraydi. Ular, asosan, Yettisuvda yashagan. Bu davrda T. Gʻarbiy Turk xoqonligi hududida yashagan dulu qabilaviy ittifoqiga kirgan. 7-a. ning oxirida Turkashlar oʻz davlati — Turkash xoqonligini barpo etdi. Turkashlar 2 katta guruh — qora va sariqlarga boʻlingan. Ular oʻrtasida vaqtvaqti bilan oʻzaro kelishmovchiliklar boʻlib turgan. Gardiziytlng maʼlumotiga qaraganda, Turkashlar 2 urugʻ: tuxsi va azlarga boʻlingan. 766-y. qarluqlar kuchayib Turkash xoqonligini tugatdilar va Turkashlarning asosiy qismini oʻzlariga boʻysundirdilar. Turkashlarning qolgan qismi uygʻurlarga qaram boʻldi. L. N. Gumilyovning fikricha, bu voqeadan soʻng Turkashlar xalq sifatida tugatildi. Ularning bir qismi qarluq nomini qabul qildi, qolgani esa uygʻurlar tarkibiga singib ketdi. Ammo, shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, Turkashlarning nomi 9-a. da ham manbalarda uchraydi. Az va tuxsi urugʻlarining nomi esa keyingi asrlarda ham manbalarda tilga olingan.

Ad.: Zuyev Yu. A., Ranniye tyurki: ocherki istorii i ideologii, Almatы, 2002.

Azim Malikov.


Lotin alifbosida maqola: TURKASHLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



XITOY
TOSHKENT
TURKIYA
FRANSIYA
YAPONIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты