VODOROD KOʻRSATKICH

VODOROD KOʻRSATKICH, rN — eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiyasining oʻnlik manfiy logarifmida olingan qiymati. Bu son V. k. deb ataladi va rN bilan belgilanadi: rN= — lg[H+]. Toza suvda yoki neytral muhitdagi suvli eritmada 25° da vodorod ionlari [N+| va gidroksid ionlari [N~] ning konsentratsiyalari teng: [N+|=[ON-]=110-7. Shu t-radagi N+ va ON~ ionlari konsentratsiyalarining koʻpaytmasi: % KHjO=[H+][OH-]=10-710-7=10-14.

Demak, maʼlum t-rada N+ va ON~ ionlari konsentratsiyalari koʻpaytmasi oʻzgarmas son boʻlib, bu ionlar konsentratsiyasini ulardan birining konsentratsiyasi bilan ifodalasa boʻladi; odatda buni [N+] bilan ifodalash qabul qilingan. Demak, neytral muhitda: pH=-Ig[H+]=-] gl0-7=7 boʻladi. Agar rN7 boʻlsa, muhit ishqoriy boʻladi. rN qiymati 7 dan qanchalik kichik boʻlsa, eritmadagi N+ ionlarining konsentratsiyasi shunchalik katta, muxit shunchalik kuchli kislotali boʻladi va aksincha rN qiymati 7 dan qanchalik katta boʻlsa, eritmadagi ON~ ionlarining konsentratsiyalari shunchalik katta va muhit shunchalik kuchli ishqoriy boʻladi. Tuproq muhitini aniqlashda, toʻqimachilik, boʻyoqchilik, koʻnchilik, qogʻoz, kimyo va oziq-ovqat sanoatida Vodorod koʻrsatkichning ahamiyati katta.


Lotin alifbosida maqola: VODOROD KOʻRSATKICH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
TOSHKENT
KISLOTA VA ASOSLAR
SUV
ERITMALAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты