VODOROD FTORID

VODOROD FTORID, HF — oʻtkir hidli rangsiz gaz. V. f. 19,43° dayoq suyuqpikka aylanadi. Havoda kuchli tutab, uning namligi taʼsirida tomchisimon eritma hosil qiladi. Suyuq holdagi Vodorod ftoridning zichligi 991 kg/m3, qaynash t-rasi 19,43°, suyuqlanish t-rasi — 83,1°. Suvda cheksiz miqdorda erib ftorid kislota hosil qiladi. Vodorod ftorid boshqa kislotalardan farqli oʻlaroq kremniy (IV)-okchh bilan reaksiyaga kirishadi: SiO2+4HF=SiF4+2H2O V. f. ning shishalarni xiralashtirishi shu reaksiyaga asoslangan boʻlib, sanoatda undan shishalarga gul va turli belgilar chizishda foydalaniladi. Vodorod ftorid tabiiy birikma — flyuorit (CaF2) ga konsentrlangan sulfat kislota taʼsir ettirib olinadi. Vodorod ftorid ftor, sunʼiy kreolit va ftororganik birikmalar olishda qoʻllaniladi.


Lotin alifbosida maqola: VODOROD FTORID haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



FTOR
KALSIY
YER
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
NATRIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты