VODOROD SIANID, sianid kislota, HCN — kuchli zahar; rangsiz, uchuvchan, oʻziga xos hidli suyuqlik; qaynash t-rasi 25,7°; suyuqlanish t-rasi —13,1°, juda kuchsiz kislota; achchiq bodom, oʻrik, shaftoli va olcha magʻzida glyukozidlar tarzida uchraydi. Sanoatda ammiak va metanning havo bilan aralashmasini katalizator (platima) ishtirokida, lab. da esa baʼzi sianidlar (NaCN), K4[Fe(CN4),,)] ga suyultirilgan sulfat kislota qoʻshib, qizdirish yoʻli bilan olinadi. Vodorod sianid organizmda fermentativ jarayonlarni toʻxtatadi. Vodorod sianid zararkunandalariga qarshi kurash, dezinfeksiyalashda ishlatiladi. Kime sanoatida polimerlar (akrilonitril, metakrilat va b.) i. ch. da, sintetik sut kislota tayyorlashda, tuzlari oltinni rudalardan ajratib olishda va b. maqsadlarda qoʻllaniladi.