VODORODSIMON ATOMLAR

VODORODSIMON ATOMLAR — 1) tuzilishi vodorod atomiga oʻxshash,yadro va bitta elektrondan iborat yengil elementlarning ionlari. Bunday atomli elementlar (Ne+, Ve3+ va b.) faqat atom raqamlari bilan bir-biridan farq qiladi. Vodorodsimon atomlar energiyasi sathi va spektri vodorod atomi energiyasi sathi va spektriga oʻxshaydi, lekin energiya masshtabi va oʻtish chastotasi z2-marta (z — elementning atom raqami) ortishi bilan undan ajralib turadi;

2) yangi atomlar deb nomlanadigan beqaror zarrachalar. Ularga birinchi navbatda vodorod atomi yadrosi (proton) dan va manfiy zaryadlangan elementar zarracha (myuon M», P~ mezon, K~ mezon va b.)dan tashkil topgan mezoatomlar, keyin elektron va musbat zaryadlangan elementar zarrachalardan tashkil topgan sistemalar: pozitron, myuon M+, P+ yoki K+ mezon (tegishlicha pozitroniy, myuoniy, pioniy, kaoniy deb nomlanadigan zarrachalar)dan tashkil topgan sistemalar kiradi. Bu sistemalar modda orqali yuqorida keltirilgan elementar zarrachalar oʻtganda hosil boʻlib, kimyoviy reaksiyalarga vodorod atomiga oʻxshash kirishadi.


Lotin alifbosida maqola: VODORODSIMON ATOMLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
ATOM FIZIKASI
MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI
KIMYO
ATOM ENERGIYASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты