TURKISTON ARXEOLOGIYA HAVASKORLARI TOʻGARAGI

TURKISTON ARXEOLOGIYA HAVASKORLARI TOʻGARAGI — Turkiston oʻlkashunoslari tomonidan tuzilgan ilmiyjamoatchilik tashkiloti. 1895-y. Toshkent sh. da tashkil etilgan. Asosiy vazifasi oʻlkadagi qad. yodgorliyutar, sharq qoʻlyozmalari, numizmatika va etn. ga oid materiallarni qayd qilish va hisobga olishdan iborat boʻlgan. Toʻgarak aʼzolari, shuningdek, qad. shahar xarobalarini tekshirib, dastlabki arxeologik qazish ishlarini olib borganlar. Turkiston oʻlkasining tarixi va maʼmuriy tuzumi boʻyicha oʻrta asr sharq qoʻlyozma manbalari, xalq afsonalari, maqollari, matallari, urfodat, folklorga oid materiallarni toʻplagan. Shu bilan birga toʻgarak aʼzolari xalqimizning nodir qoʻlyozma va madaniyat boyliklarini Rossiyaga joʻnatishga ham koʻmaklashganlar. V. V. Bartold toʻgarak asoschilaridan boʻlib, uning faollaridan hisoblangan. Toʻgarak aʼzolari qatorida, shuningdek, M. S. Andreyev, A. A. Divayev, N. S. Likoshin, N. G. Malliskiy, N. P. Ostroumov, A. A. Semyonov va b. bor. Toʻgarak 1917-y. tarqalib ketgan.


Lotin alifbosida maqola: TURKISTON ARXEOLOGIYA HAVASKORLARI TOʻGARAGI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
XX asr boshida Turkiston...


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты