VOYEVODINA

VOYEVODINA — Yugoslaviyada, Serbiya Respublikasi tarkibidagi muxtor oʻlka. Mayd. 21,5 ming km2. Aholisi 2 mln. kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Novi-Sad. Iqlimi moʻtadil, kontinental. Iyulning oʻrtacha t-rasi 22—24°, yanv. niki 1,2 — 2,6°. Yillik yogʻin 550—750 mm. Yirik daryolari: Dunay, Tisa, Tamish.

Voyevodinada 6-a. da slavyanlar, 9-a. oxirida vengerlar yashagan. 10-a. dan Vengriya qirolligi tarkibiga kirgan, 1526 — 1918-y. larda Voyevodina hududi Gabsburglar monarxiyasi qoʻli ostida, 1918-y. dan Serb, xorvat va slovenlar qirolligi (1929-y. dan Yugoslaviya) tarkibida. 1945 — 63 y. lar muxtor viloyat, 1963-y. dan muxtor oʻlka.

Voyevodina — Serbiyaning xoʻjaligi eng rivojlangan qismi. Q. x. bogʻdorchilik va tokchilik, goʻsht-sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Sanoati mahalliy xom ashyoga asoslangan. Voyevodinaning sharqiy qismida neft va gaz chiqariladi. Toʻqimachilik, mashinasozlik, kimyo, elektrotexnika, sellyuloza-qogʻoz, sement, oziq-ovqat sanoati rivojlangan.


Lotin alifbosida maqola: VOYEVODINA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



SERBIYA
VENGRIYA
TOSHKENT
Sovet tuzumining ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishdagi mustamlakachilik asosi
XITOY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты