VOJIB

VOJIB (arab. — majburiyat, burch) islom shariati tushunchasi. Musulmonlar Alloh va Muhammad (as) amrlarigina emas, yakka hukmdor (xalifa, podsho, amir, xon) lar farmoyishini ham bajarishi majburiy ekanligini anglatadi. Majburiylik nuqtayi nazaridan Vojib farzdan keyin, sunnat talablaridan oldin turadi. Islomda Vojibni inkor etish ogʻir gunoh hisoblansa-da, kofirlikka nisbat berilmaydi. «Podshohning amri vojib» degan tushuncha Qurʼonda bor. Sunniylikda Vojibga shariat tushunchalari boʻyicha farz bilan sunnat orasidan joy berish — hanafiya mazhabidagina eʼtirof etilgan. Boshqa uch mazhabda Vojib alohida tushuncha sifatida qabul qilinmagan. Ularda farzdan keyin bevosita sunnatga oʻrin berilgan. Vojibni esa ular farzga qoʻshib yuborishgan. Binobarin ular hanafiya mazhabidagi Vojiblarni farz hisoblaydilar. Mas., besh vaqt namoz, roʻza, zakot, hajni hanafiylar farz desa, ular farz ham, Vojib ham deb atayveradilar.

Abdulaziz Mansur.


Lotin alifbosida maqola: VOJIB haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ISLOM
AMIR TEMUR
QURʼON
TOSHKENT
TEMURIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты