VOZIH

VOZIH (taxallusi; asl ismi Mirzo Shafiy Sodiq oʻgʻli) (1796, Ganja — 1852.28.11, Tiflis) — ozarbayjon shoiri, maʼrifatparvari. Fazal, masnaviy, ruboiy janrlarida ijod qilgan. Hajviy sheʼrlar yozgan. Ularda jamiyat nuqsonlarini fosh qilgan, shaxs erkinligi uchun kurashga chaqirgan. Ommani maʼrifatga daʼvat etgan. Koʻpgina lirik sheʼrlari xalq qoʻshiqlariga aylanib ketgan. Vozihning «Zulayho va Hafiza», «Tiflis bilan vidolashuv» kabi qoʻshiqlari hayotga muhabbat bilan sugʻorilgan. «Mirzo Shafiy qoʻshiqlari» (1881) kitobi koʻp tillarda nashr qilingan. Vozih darsliklar yaratgan, ozarbayjon tili va adabiyotidan lugʻatlar va xrestomatiyalar tuzishda qatnashgan.


Lotin alifbosida maqola: VOZIH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



OZARBAYJON
ALISHER NAVOIY
XALQ IJODI
DARSLIK
TEMURIYLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты