VOZNESENIE OROLI

VOZNESENIE OROLI — Atlantika okeanining markaziy qismidagi vulkanik orol, Buyuk Britaniya mulki. Mayd. 88 km2. Aholisi 1,4 ming kishi (1989). Maʼmuriy markazi va port shahri — Jorjtaun. Yer yuzasi platodan iborat; traxit, riolit va bazalt jinslardan tarkib topgan. Oʻchgan vulkan krateri koʻp (30 dan ortiq). Eng bal. joyi 858 m (Grin-Mauntin togʻi). Iqlimi tropik passatli issiq iklim. Yillik yogʻin 700 —1000 mm. Oʻt-oʻsimliklari keng tarqalgan, oʻrmonlar bor. Sabzavot, mevalar yetishtiriladi. Orolni 1501-y. da Vozneseniye bayrami kuni portugallar kashf etgan.


Lotin alifbosida maqola: VOZNESENIE OROLI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
BUYUK BRITANIYA
TOSHKENT
ATLANTIKA OKEANI
YEVROPA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты