TURKISTON TOʻPLAMI

«TURKISTON TOʻPLAMI», «Oʻrta Osiyo va xususan Turkiston oʻlkasiga oid asar va maqolalarning Turkiston toʻplami» — Oʻrta Osiyo tarixi, etn., iktisodi, botanikasi, arxeologiyasi, geol. si, xalqning turmushi va madaniyatiga oid noyob bibliografik asar. Oʻrta Osiyo haqidagi alohida kitoblar, gaz. va jurnali qirqimlaridan tuzilgan boʻlib, jami 594 jilddan iborat. Uning 1867—87 y. larga oid materiallarni oʻz ichiga olgan 416 jildi bibliograf VM. Mejov tomonidan tayyorlangan. U matbuotda Oʻrta Osiyo hakida eʼlon qilingan barcha maʼlumotlarni kiritishga harakat qilgan. Toʻplamni nashr etish nshlari 1888-y. da Turkiston maʼmuriyati koʻrsatmasi bilan toʻxtatilgan, faqat 1907-y. ga kelib davom ettirilgan. «Turkiston toʻplami»ning davomini tuzishga Oʻrta Osiyo haqidagi adabiyotlar boʻyicha mutaxassis N. V. Dmitrovskiy, etnofaf A. A. Divayev, Turkiston xalq kutubxonasining mudiri I. P. Zikov, sharqshunos olim Yu. F. BonchOsmolovskiylar jalb etilgan. Ular hamkorligida (asosan, gaz. materiallaridan iborat) toʻplamning yana 127 jiddi tuzilgan. Bibliograf va kutubxonashunos A. A. Semyonov 1911—16 ylarda «Turkiston toʻplami»ning 48 ta jiddini tuzdi. Bu toʻplam tuzilish jihatdan ilgarigilardan yuqori turadi. Bibliograf Ye. K. Betger tahriri ostida 1939-y. «Turkiston toʻplami»ning soʻnggi 3 jiddi tuzilgan. Bu jildlar M. A. Terentyevning 1917-y. gacha tayyorlangan «Oʻrta Osiyoning bosib olinishi tarixi» asari, uning xarita va planlaridan tashkil topgan. «Turkiston toʻplami»ning hamma jildlarida mualliflar tomonidan alifboli koʻrsatkich tuzilgan. «Turkiston toʻplami» Oʻrta Osiyoga doir koʻp tadqiqotlar uchun muhim manba boʻlib xizmat kidali. Toʻplamning barcha jildlari Oʻzbekiston milliy kutubxonasi fondida saqlanadi.

Ad.: Mejov V. I., Bibliografiya Azii, 1—2j. lar, Turkiston toʻplami, 198194.


Lotin alifbosida maqola: TURKISTON TOʻPLAMI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TARIX
XITOY
TOSHKENT
ALISHER NAVOIY
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты