TURKISTON XALQ KONSERVATORIYASI

TURKISTON XALQ KONSERVATORIYASI — Oʻrta Osiyoda birinchi musiqa oʻquv yurti. 1918-y. Toshkentdagi Turkiston xalq universiteti qoshida tashkil topgan (tashkilotchisi Ye. Chernyavskiy, direktor V. Karelin). Fortepiano, skripka, xonandalik kabi ixtisosliklar boʻyicha boshlangʻich taʼlim berilgan. 1919-y. uning Eski shahar boʻlimi ochilgan (V. Uspenskiy). Faoliyati yoshlarga musiqa oʻrgatish bilan birga konsertijrochilik, targʻibot ishlari bilan bogʻliqboʻlgan. Turkiston xalq konservatoriyasiga oʻxshash keyinchalik Buxoro, Samarkand, Fargʻona xalq konservatoriyalari ochilgan. Bular negizida 1920-y. lar oʻrtasida musiqa bilim yurtlari tashkil topgan.


Lotin alifbosida maqola: TURKISTON XALQ KONSERVATORIYASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
OLIY OʻQUV YURTLARI
XITOY
BUXORO VILOYATI
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты