VOKODER

VOKODER (ing. voill coding — tovushni kodlash) —aloqa kanalidan nutq emas, balki nutqni tahlil qilish natijasida hosil boʻladigan signallar (kodlar) uzatiladigan telefon aloqa tizimi. Tovush signalining chastota spektrini (tovush toʻlqinlari yigʻindisiii) qisqartirib beradi, bir normal telefon aloqa kanali oʻrnida yuzdan ortiq aloqa kanali hosil qilishga imkon beradi. Vokoder asosan tovush analizatori va tovush sintezatoridan iborat. Tovush analizatori parallel ishdovchi bir necha elektr filtrdan tuzilgan. U uzatilayotgan tovush signallarining ayrim xususiy belgilarini aniqlab, ularni liniyaga uzatadi. Tovush sintezatori esa shu belgilarga qarab asosiy tovushni qayta tiklaydi. Vokoderning kamchiligi shuki, tiklangan tovush uzatilayotgan tovushga oʻxshamaydi («mexanik tovush» hosil boʻladi). Vokoder maxsus aloqa yoʻllarida qoʻllaniladi.

Markaziy temir yoʻl vokzali (Toshkent, 2000).


Lotin alifbosida maqola: VOKODER haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
YER
XITOY
UYALI TELEFON
TELEFON ALOQA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты