TURKMAN TILI

TURKMAN TILI — turkiy tillardan biri. Asosan, Turkmanistonda, shuningdek, Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston respublikalarining ayrim tumanlarida, RFning Stavropol oʻlkasida, Afgʻoniston, Turkiya, Eron, Iroq va b. mamlakatlarda tarqalgan. Turkmanistonning rasmiy tili. Utgan asr oxirlarida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 4,8 mln. (jumladan, Turkmanistonda 2,5 mln. dan ortiq, Oʻzbekistonda 130 ming, Afgʻonistonda 400 ming, Eronda 300 mingga yaqin) kishidan iborat boʻlgan. Asosiy laxjalari: taka, yovmut, ersari, goʻklan, sariq, salir, chovdur va b. Stavropoldagi Turkman tili lahjasi truxmen tili deb ataladi.

Turkman tili gʻarbiy oʻgʻuz kabila (urugʻ) tillari negizida shakllangan, lekin rivojlanish jarayonida qipchoq guruhidagi turkiy tillarga xos xususiyatlarga ham ega boʻlgan. Turkman tilining asosiy oʻziga xos belgilari: birlamchi (qad.) choʻziq unlilarning mavjudligi, tishlararo talaffuz qilinadigan s vaz undoshlarining (boshqa turkiy tillardagi odatiy s va 3 oʻrniga) mavjudligi, lab undoshlari garmoniyasining rivojlanganligi; kelasi zamon gumon feʼli inkor shaklining r tugallanmali variantining (boshqa turkiy tillar uchun umumiy boʻlgan maye shakli bilan birga) qoʻllanishi va b. Leksikasida arab, fors, rus tillaridan oʻzlashgan soʻzlar uchraydi.

Eski adabiy Turkman tili, asosan, sheʼriyat tili hisoblangan. Hoz. adabiy Turkman tili esa 20-a. ning 20-y. laridan turkman lahjalarining taka lahjasi negizida birlashuvi natijasida shakllangan. 1928-y. gacha arab, 1929—40 y. larda lotin, 1940 — 90-y. larda rus grafikasiga asoslangan yozuvdan foydalanilgan. 1991-y. dan yana lotin fafikasi asosidagi yozuv joriy etildi.


Lotin alifbosida maqola: TURKMAN TILI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: T harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ERON
TOSHKENT
IROQ
AFGʻONISTON
TURKIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты