VOLGA BUYI QIRLARI

VOLGA BUYI QIRLARI — Volganing oʻng sohili boʻylab Nijniy Novgorod sh. dan Volgogradgacha choʻzilgan qirlar. Volga bilan Don daryolari havzalari orasidagi suvayirgʻich. V. b. q. Volga ustidan tik koʻtarilib, Oka-Don pasttekisligiga qiyalanib boradi. Eng baland yeri (Xvalinsk sh. yaqinida) 375 m. Eni 500 km. Volga buyi qirlarining ayrim qismlari togʻ (Zmeyev togʻlari, Jiguli togʻlari va b.) deb ataladi. Ohaktosh, dolomit, gil, qum, mergellardan tarkib topgan. Shim.gʻarbiy va shim.-sharqiy qismlarida karst relyef shakllari uchraydi. Shim. keng bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Ayrim joylari oʻrmon-dasht, jan. dashtdan iborat.


Lotin alifbosida maqola: VOLGA BUYI QIRLARI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ROSSIYA
YEVROPA
YER
OSIYO
POMIR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты