VOLGA-DON KEMA QATNOVI KANALI

VOLGA-DON KEMA QATNOVI KANALI — Volga va Don daryolarini bogʻlovchi kanal. Suv yoʻlining uz. 101 km (shundan 45 km daryo va suv omborlaridan oʻtadi). Kanal 1948—52 y. larda kurilgan. V.-D. k. q. k. Volgogradning jan. qismidan boshlanib, Sarpa daryo vodiysi, Yergeni qirlari etaklari, Volga-Don suvayirgʻichi boʻylab, Chervlenaya daryosi vodiysiga chiqadi, soʻngra Varvara, Bereslav (Chervlenaya daryosida), Karpovka suv omborlari (Karpovka daryosida) orqali Kalach sh. yaqinida Simlyansk suv omboriga qoʻshiladi (Don daryosi shu yerda Simlyansk suv omboriga quyiladi). Kanalda Volga qiyaligida (20 km masofada) kemalarni 88 m balandlikka bosqichmabosqich koʻtarib beradigan bir kamerali 9 ta shlyuz, Don qiyaligida kemalarni Simlyansk suv omborigacha 44 m pastlikka bosqichma-bosqich tushirib beradigan 4 shlyuz qurilgan. Suv yoʻlining yuk tashishdagi ahamiyati katta.


Lotin alifbosida maqola: VOLGA-DON KEMA QATNOVI KANALI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: V harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ROSSIYA
XITOY
SIRDARYO
OSIYO


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты